18 Iyul 2022 yil 379

Toshloq tumanida avtomashina shinalarini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Toshloq tumani.Fuqaro B.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 25-iyun kuni noma’lum shaxs Shodlik mahalla hududida joylashgan avtomashina shinalari savdo doʻkonidan narxi 1.500.000 soʻmlik 3 dona avtomashina shinalarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumanida IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech