Fargʼona shahar IIOFMB boshligʼi Fargʼona shahar IIOFMB boshligʼi yoshlar bilan ochiq muloqot oʼtkazdi
Fargʼona shahar IIO FMB boshligʼi, uchinchi sektor rahbari podpolkovnik Hayotjon Saliev Fargʼona shahar xalq qabulxonasi boshligʼi Gʼulomjon Boborahimov bilan birga Fargʼona ixtisoslashgan sanʼat maktabi majlislar zalida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqot oʼtkazdi.Tadbirda makzur bilim yurti oʼquvchilari bilan birga, shahardagi boshqa oʼquv yurtlarida tahsil olayotgan faol yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.Shuningdek, uchrashuvda uchinchi sektor ishchi guruhi aʼzolari, shahardagi korxona-tashkilot va muassasalar mutassaddilari ham qatnashib, yoshlardan tushgan savol, murojaat va muammoli masalalarni shu yerning oʼzida bartaraf etish boʼyicha ish olib bordilar.Podpolkovnik Hayotjon Saliev shaharda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʼxtalib oʼtish bilan birga, yoshlar oʼrtasida turli salbiy illatlarning oldini olish, ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida bajarilishi zarur boʼlgan ishlar haqida atroflicha soʼz yuritdi.Shuningdek, u yoshlar tomonidan turli masalalarda berilgan savollarga ochiq va samimiy ruhda javob qaytardi.– Men Fargʼona tumanida tugʼilib oʼsganman, hozirda Fargʼona ixtisoslashgan sanʼat maktabining 2-bosqichida oʼqiyman, – deydi tadbir qatnashchisi Sohiba Qurbonalieva. – Kelajakda ichki ishlar organlari sohasida ishlashni niyat qilaman. Bugun Fargʼona shahar IIOFMB boshligʼiga shu mavzuda oʼzimni qiziqtirgan savolarni berib, atroflicha javob oldim. Uning javoblaridan soʼng sohaga boʼlgan qiziqish va ishtiyoqim yanada kuchayib ketdi.Uchrashuv yakunida Fargʼona viloyati IIB axborot xizmati tomonidan yoshlar tarbiyasi va ular oʼrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida tayyorlangan “Sovurilgan vaqt” nomli videofilьm namoyish etildi.Filьm yoshlar va ularning ustozlarida katta taaasurot qoldirdi.Suratlarda uchrashuv jarayoni aks etgan.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati