Fargʼonada yangilik: yoʼl qoidasini buzgan haydovchilarga nisbatan chora koʼrilmaydi
Fargʼonada yangilik: yoʼl qoidasini buzgan haydovchilarga nisbatan chora koʼrilmaydi
Sarlavhani koʼrib hayron qolishingiz tabiiy. Gap shundaki, ilk bor mamalakatimiz boʼyicha birgina Fargʼona viloyatida tajriba tariqasida “Mehr” deb nomlangan loyihaga 14 fevraldan start berildi.
Bir hafta davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida yengil qoidabuzarliklarga yoʼl harakati xizmati hodimlari tomonidan haydovchilar jarimaga tortilmay, faqatgina ogohlantirish bilan kifoyalanadi. Loyihadan koʼzlangan asosiy maqsad: haydovchi va yoʼlovchilarning yoʼllarda harakatlanish madaniyatini yanada yuksaltirish, yoʼl qoidalariga amal qilish masʼuliyatini kuchaytirish va bu orqali yoʼllarda sodir boʼladigan mudhish holatlarga barham berishdan iborat.
Bugun erta tongdan Fargʼona viloyati IIBda tashkil etilgan tadbir oldi yoʼriqnomada rahbariyat tomonidan tadbirni samarali oʼtkazish boʼyicha tegishli topshiriqlarni olgan yoʼl harakati xizmati inspektorlari oʼzlariga biriktirilgan hududlarga yoʼl oldilar. Hafta davomida yoʼllarda qoidabuzarliklar oʼrganilishi bilan birga taʼlim muassasalari, mahallalar va jamoat joylarida fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, harakat ishtirokchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʼyicha profilaktik suhbatlar olib boriladi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati