15 Yanvar 2022 yil 2057

Fargʻona viloyati IIB va uning quyi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda

Xususan, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 16-dekabrdagi 269-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida tizimida uzoq yillar mehnat qilib, hozirgi kunda nafaqada boʻlgan faxriylar, mehnat fronti va ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan xabar olishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Viloyat IIB rahbariyati faxriylarning xonadonida boʻlib, boshqarma boshligʻining tabrigini hamda qimmatbaho estalik sovgʻalarini yetkazib, bayram bilan muborakbod etdi.

Oʻz oʻrnida, faxriylar ham e’tibor va ehtirom uchun Fargʻona viloyati IIB rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech