Fargʻona viloyati IIB va uning quyi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda
Xususan, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 16-dekabrdagi 269-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida tizimida uzoq yillar mehnat qilib, hozirgi kunda nafaqada boʻlgan faxriylarning holidan xabar olishga alohida e’tibor qaratilyapti.
Jumladan, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Afzalxon Fozilxoʻjayev, viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik Arabboy Usmonov hamda Bagʻdod tumani IIB boshligʻining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Elbek Dolimovlar iste’fodagi podpolkovnik Abdurazzoq Qosimovning xonadonida boʻlib, faxriyning xolidan xabar olishdi.
Uzoq yillar ichki ishlar organlarida kadrlar xizmatida ishlab, nafaqaga chiqqan Abdurazzoq Qosimov shu kunlarda oʻzining 60 yillik yubiley toʻyini ham nishonlamoqda.
Podpolkovnik Afzalxon Fozilxoʻjayev faxriyga boshqarma rahbariyatini tabrigini yetkazib, uni bayram bilan muborakbod etdi.
Oʻz oʻrnida, iste’fodagi podpolkovnik Abdurazzoq Qosimov ham e’tibor va ehtirom uchun Fargʻona viloyati IIB rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati