NАVOIY DАXOSIGА EHTIROM
Аlisher Navoiy sheʼriyat mulkining sultoni, turkiy tilimizning barhayot yashab, adabiyot olamida jilvalanishiga tamal toshini qoʼygan buyuk inson. Fargʼona viloyati IIB tomonidan tashkil etilgan maʼrifat kechasida mutafakkirning hayoti va ijodi oʼrganildi.
"Islom Karimov" nomidagi teatr kontsert saroyida boʼlib oʼtgan tadbir “Navoiy va Husayn Boyqaro” spektakli bilan boshlandi.
Аlisher Navoiyni nafaqat shoir va yozuvchi balki davlat arbobi, oʼz halqi, tinchligi, adolat tantanasi uchun kurashgan shaxs sifatida bilamiz. Tarixiy janrdagi mazkur sahna asari oʼzining boy va teran mazmuni, ruhiy va maʼnaviy ozuqa beruvchi jihatlari bilan IIO xodimlari va ularning oila aʼzolarida katta taʼsurot qoldirdi.
Tadbirda soʼz olgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Doniyor Tashxodjaev Navoiy hayoti va ijodidan ibrat oladigan jihatlari koʼp ekanligini, har bir hamyurtimiz mana shunday buyuk ajdodi bilan fahrlanishini eʼtirof etdi. Аnjuman doirasida xizmat davrida yuksak naʼmuna koʼrsatgan hodimlar va ularning oila aʼzolariga tashakkurnomalar hamda navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.
Taʼkidlanganidek, egninga ichki ishlar organlari libosini kiygan har bir hodim yurt tinchligi oilalar farovonligi uchun masʼul. Boy maʼnaviyat esa bevosita fuqarolar bilan ishlovchi hodimning eng kerakli sifati. Tadbir yakunida mana shunday tadbirlarni muntazam oʼtkazib borilishi taʼkidlandi. Bu esa, hodimlarning madaniy hordiq olishlari bilan birga ularning sanʼat va adabiyotga boʼlgan ijobiy munosabatini yanada mustahkamlaydi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati