"SIZ BIZ UCHUN QADRLISIZ" shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi
Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va hamkor tashkilotlar birgalikda alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan xotin-qizlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ularni yana qayta hayotga yangicha dunyoqarash bilan qarashga ijobiy motivatsiya berish, ayol avvalo oila ustuni ekani hamda doimo qadrli ekanligini singdirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda viloyatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat
IIB boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etib, ayollarning jamiyatdagi
ishtiroki va o‘rni hususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ular o‘rtasida sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf qilishda barcha birdek mas’ul
ekanligini e’tirof etdi.
Madaniy dasturdan
so‘ng xotin-qizlar uchun shu yerning o‘zida birlamchi tibbiy ko‘rik, mehnat yarmarkasi,
tashkil etilib, ishtirokchilarga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari tantanali
ravishda topshirildi.
Bu kabi tadbirlardan
ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish, oilalarda
ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda voyaga yetmagan farzandlar tarbiyasida
ijobiy o‘zgarishlarga erishishdan iborat.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati