21 Noyabr 2023 yil 21970

Fargʻona viloyatida “Zarbdor qirq kunlik” maxsus-profilaktik tadbirlari boshlandi

Viloyatimizda boshlangan tadbir doirasida hududlarda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish asosiy maqsad qilingan.

Fargʻona shahrida tashkil etilgan yoʻriqnomada viloyat IIB boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamda shahar xokimi va prokurori ishtirok etishdi.

Tadbirda aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash mazkur tadbirning bosh maqsadi boʻlib, xalqimizga munosib xizmat qilish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish soha xodimlari oldida turgan eng ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.

Muntazam oʻtkazib boriladigan kunduzgi va tungi tadbirlar davomida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, yoʻllarda harakat xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor qaratiladi.

Yakunda, hududlarda xizmatni tizimli tashkil qilgan holda, barcha sohaviy xizmatlar oʻz yoʻnalishlarida amalga oshirishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbirning borishi haqida yana xabar beramiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech