19 Fevral 2020 yil 1126

Fargʼona. "Ochiq va oshkora muloqotdamiz” mavzusida Matbuot anjumani tashkil etildi.

2020 yil 19 fevral kuni soat 17:00da Fargʼona shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Fargʼona viloyati kengashi binosida Fargʼona viloyati IIB boshligʼi va sohaviy xizmat rahbarlari, viloyat prokuraturasi hodimlari ishtirokida “Ochiq va oshkora muloqotdamiz” mavzusida Matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Unda viloyat OАV xodimlari va ijtimoiy tarmoqlar hamda blogerlar ishtirok etdilar. Аnjumanda asosiy mavzu sifatida soʼngi kunlarda Qoʼqon shahrida joylashgan “Marokash” va “Shedevr” choyxonasidagi jinoiy holat hamda Dangʼara tumanida yuz bergan mudhish yoʼl-transport hodisalari haqida atroflicha maʼlumot berilib, videolavhalar koʼrsatildi va qizgʼin baxs-munozara qilindi.
OАV vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan yetarlicha javoblar olishdi.
Bugungi davr jurnalist va blogerlardan sodir boʼlayotgan voqea-hodisaga xolisona tezkor munosabat bildirishni talab etmoqda. Аyni paytda axborot manbaasiga ega boʼlgan tashkilot bevosita OАV vakillari bilan uzviy aloqalarni mustahkamlab, ular yordamida zarur maʼlumotlarni keng ommaga tushunarli tarzda yetkazib turishi zarur.
Shuningdek, fuqarolarni yoʼl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini yuksaltirish va yoʼl transport hodisasini oldini olish maqsadida Fargʼonada faoliyati yoʼlga qoʼyilgan “MultaRadar”larning oʼtgan muddat davomida yoʼl harakati qoidalari buzilishi yuzasidan aniqlagan qoidabuzarliklar toʼgʼrisida ham axborot berildi. Yoʼllarda harakatini tartibga solish boʼyicha jurnalistlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq vakillari yangi taklif va mulohazalar bildirdilar.
Loyihalar rejalashtirilib atroflicha muhokama qilindi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv, IIOlarini OАV vakillari orqali halqimizga yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi.


Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech