20 Fevral 2024 yil 1851

Bag‘dod tumani hududida “Xavfsiz mahalla – xavfsiz xonadon”   tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Tadbir davomida tuman hududidagi "Yuksalish" MFYda mavjud 24 ta ob’ektlar to‘liq tekshirildi, shundan 4 tasi korxona-tashkilotlar hamda 15 tasi boshqa ob’ektlarni tashkil etdi. Shuningdek, 5 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida 65 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek ov quroli bor fuqarolarning xonadonlariga borib, qurolni saqlash qoidalari tekshirildi.

Tuman hududida fuqarolik ro‘yxatidan o‘tmagan va yashab kelayotgan  fuqarolar bo‘yicha hamda “Avtobus tadbiri” davomida  jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 35 nafar shaxslar ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tekzor-profilaktik ishlovlar o‘tkazildi,   20 nafar shaxslarning barmoq izlari olindi .

YPX, PPX va Milliy gvardiya xodimlar tomonidan nazorat reydlar o‘tkazilib, 35 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi, Jamoatchilik nazorat maskanlari ish faoliyatlari tekshirildi, qoidabuzarlik sodir qilgan fuqarolarga nisbatan 10 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tuman IIB probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Bag‘dod  tumani IIB HPB va PPX xodimlari bilan hamkorlikda "Tig‘" profilaktik tadbiri davomida jami 195 nafar fuqarolarning yoni (maktab muassassalarida va avtomashinalar) ko‘zdan kechirildi. Shundan 11 nafar fuqarolarga kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ogohlantirildi, 3 nafariga ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tadbirlar joylarda davom etmoqda.


Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech