13 Fevral 2024 yil 876

Bag‘dod tumanida “Xavfsiz mahalla – xavfsiz xonadon” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining tegishli Farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan tadbirlarda tuman IIB xodimlari, jamoatchilik vakillari, mutasaddi tashkilotlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etdi.

Shu kuni "Sho‘roqer" MFYda mavjud korxona-tashkilotlar hamda boshqa ob’ektlar hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rganildi. 

"Avtobus" tadbiri davomida  jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tezkor-profilaktik ishlovlar o‘tkazildi.

YPX, PPX va Milliy gvardiya xodimlar tomonidan nazorat reydlar o‘tkazildi, jamoatchilik nazorat maskanlari ish faoliyatlari tekshirildi, qoidabuzarlik sodir qilgan fuqarolarga nisbatan 5 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

"Oydinbuloq" MFYda yashovchi spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan fuqaro xushyorxonaga  joylashtirildi.

“Do‘stlik” MFYda o‘tkazilgan tadbir davomida ov quroli bor shaxslar bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borildi.

Tuman IIB Probatsiya hisobida turuvchi ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarni yashash joylari tekshirildi.

“Qo‘shtegirmon 2” MFYda  yashovchi fuqaro jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligi va ichki ishlar xdimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, JIB Bag‘dod tumani sudiga yuborildi hamda sud qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi. 

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech