Joriy yilning Qo‘shtepa tumani hududida o‘tkazilgan “Bumerang” maxsus profilaktik tadbirlari yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 13 sentabr kunidagi 264-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash va "Xavfsiz hudud-dolzarb 40 kunlik" maxsus-kompleks profilaktik tadbiri davomida o‘tkazilayotgan "Tozalash-antiterror" tadbiriga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan xizmat oldi yo‘l-yo‘riq jarayoni o‘tkazildi. Xodimlarga fuqarolar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirgan holda xizmat olib borishlari bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va tushunchalar berildi. Shu bilan birga xizmat davomida shaxsiy xavfsizlik, xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilgan holda xizmat olib borishlari tushuntirilib xizmatga chiqarildi.
Jumladan, Qo‘shtepa tumani “Eshonguzar”, Yangiariq, Sarmazor, Qizilariq MFYda yashovchi 5 nafar fuqarolar Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizildi.
Qo‘shtepa tumani hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muxitni yaratish borasida bir qator profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida “Karnaychi” hamda “Kattaboltako‘l” MFYda yashovchi 2 nafar fuqarolarga nisbatan O‘z.MjtKning 185-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Qizilariq MFYda yashovchi 1 nafar fuqaro jamoat joyida tig‘li jismni ochiq g‘ilofsiz holda olib yurganligi uchun unga nisbatan MJtKning 185-moddasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi.
Qo‘shtepa tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turib, ozodlikni cheklash jasonini o‘tayotgan bir nafar va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan bir nafar hamda ozodlikni cheklash jazoni o‘tayotgan 2 nafar shaxslar bilan kelgusida qayta jinoyat sodir etmasligi bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 1 nafar shaxsning o‘talmay qolgan 8 oy 27 kun ozodlikni cheklash jazosi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Qo‘rg‘oncha, Yangiariq, Fayz MFYlarda yashovchi ajrim yoqasida turgan 2 ta oila vakillari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Solijonobod MFYda yashovchi oilaning o‘zaro kelishmovchiliklari yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida qayta huquqbuzarlik sodir etmaslik yuzasidan S.Yu.ga nisbatan 1 oy muddatga “Himoya orderi” berildi.
“O‘qchi” MFYda yashovchi otaga farzandi sababsiz dars mashg‘ulotlarini qoldirganligi sababli MJtKning 47-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Qo‘shtepa tumani hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasidagi tadbirga alohida e’tibor qaratilib, undiruv ishlari amalga oshirildi.
Qo‘shtepa tumani hududida o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida IIB xodimlari tomonidan Namuna MFYda yashovchi, M.O.ning yashash xonadonida xolislar ishtirokida tekshirilganda, yashash xonadoni yotoqxonasida bo‘lgan kostyum cho‘ntagida bir dona qog‘oz o‘ramd, va shkaf ichida bir dona qog‘oz qutida hamda yotoqxonasida to‘shaklar orasida bir dona qog‘oz qutidagi quruq holda, nasha giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.
Qo‘shtepa tumani IIB TQKG va DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida O‘rta o‘qchi MFYda yashovchi, fuqaroning telefon apparati xotirasida diniy ekstrimizm oqimi g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi, diniy mazmundagi materiallar borligi hamda unga tegishli bo‘lgan ko‘k rangli 12 varoqli 1 dona daftar ichida diniy ekstremizm oqimi g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi diniy mazmundagi yozuvlar borligi uchun tekshirib ko‘rish uchun daliliy ashyo tariqasida tuman IIB ixtiyoriga olindi.
Bundan tashqari, “Paxtakor” MFYda yashovchi fuqaro G‘.A hamda “Borot” MFYda yashovchi Q.Alarga nisbatan MJtKning 183-moddasi, 187-moddasi 2-qismi hamda 185-moddasi prim 2-moddasining 1 qismi bilan JIB Qo‘shtepa tumani sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va Qorakaltak MFYda yashovchi R.H.ga nisbatan O‘z.Res.MJtkning 183,194 modda 1-qismi bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eshonguzar MFYda yashovchi fuqaro O.A.ga tuman JIB sudi tomonidan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi va Qayrag‘och MFYda yashovchi fuqaro O.I.ga nisbatan tuman JIB sudi tomonidan 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Qorakaltak MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Q.R.ga nisbatan JIB Qo‘shtepa tumani sudi tomonidan 6 oy muddatga ma’muriy nazorat o‘rnatildi.
“Qoraqushchi” va “Qoraqushchi” MFYda yashovchi 2 nafar fuqaroga JIB Qo‘shtepa tumani sudi tomonidan majburiy davolanishga yotqizish bo‘yicha qaror tayinlandi.
Qo‘shtepa tumani IIB xodimlari tomonidan “Xumdon” MFY hududida voyaga yetmagan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda “Noviy vek” nomli 1 blok 10 quti 550 dona pirotexnika buyumlari borligi aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi.
Xizmat o‘tash davomida jami 44 ta ob’ektlar ya’ni, 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 7 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 3 ta shifoxona, 26 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tekshirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati