9 Oktyabr 2024 yil 2472

Joylarda “Barcha yo‘l-transport hodisalarini, ayniqsa piyodalar bilan bog‘liq avariyalarni oldini olish profilaktikasi oyligi” doirasida tadbirlar davom etmoqda

Joriy yilning 5 oktabr kunidan boshlab respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Barcha yo‘l-transport hodisalarini, ayniqsa piyodalar bilan bog‘liq avariyalarni oldini olish profilaktikasi oyligi” doirasida hududlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan Quva va Oltiariq tumanlarida yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, ularni yo‘l harakati qoidalariga amal qilish maqsadida avtoshoxbekatlarda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Haydovchilarga faqat o‘zini emas, balki transport vositasida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar uchun javobgar ekanligi yetkazildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech