14 Noyabr 2023 yil 1296

“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik” oyligi munosabati bilan Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari oʻrtasida sportning mini futbol, sambo hamda stol tennisi turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi

Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishi hamda Fargʻona viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik A.I.Yusupovning 2023-yil 9-noyabr kunidagi reja-dasturiga asosan Fargʻona shahar IIO FMB shaxsiy tarkibi oʻrtasida sportning mini futbol, sambo va stol tennisi turidan musobaqa tashkillanib, ushbu musobaqada Fargʻona shahar IIO FMB barcha sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etishdi. 

Oʻtkazilgan musobaqada sportning mini futbol turi boʻyicha 3-son IIB xodimlari jamoasi, Sambo sport turida 1-son IIB HPG profilaktika inspektori, leytenant Muzaffar Muqimjonov hamda stol tenis sport turida 1-son IIB HPG profilaktika inspektori, leytenant Elyor Nurmatovlar faxrli 1 oʻrinni egallashdi.Musobaqa gʻoliblariga Boshqarma boshligʻining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir davomida xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi yuksaltirilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech