Jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Farg‘ona viloyati Toshloq
tumanining 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mahallabay",
"xonodonbay", "fuqarobay" tizimi asosida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ajrim yoqasiga kelib qolgan, fuqarolik sudlarida
nizolashayotgan oilalar, probatsiya va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan suhbatlar tashkil
etilib, muammolarini bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, Fuqarolik sudlarida nizolashayotgan oilalardagi muammolarni
xal etilishi, tomonlarning murosaga keltirish bo‘yicha tumandagi "Oilaviy qadriyatlarni
mustahkamlash komissiyasi a’zolari" bilan muhokamalar o‘tkazildi.
Tadbir davomida 15 ta oiladagi muammolar ijobiy hal etilishiga
erishildi, 12 nafar ayollarga huquqiy maslaxatlar berildi hamda 1 nafar ishsiz ayolni
bandligi ta’minlanishiga erishildi. 1 nafar ayolga fuqarolik pasportini rasmiylashtirish
uchun amaliy yordamlar berildi. 1 nafar yosh oila esa komissiya a’zolarining sa’y
harakatlari natijasida yarashtirildi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati