12 Noyabr 2022 yil 430

Telefon doʻkonini oʻmargan ayol qamoqqa olindi

Quvasoy shahar. Fuqaro A.N IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 29-oktabr kuni noma’lum shaxs A.Temur mahalla hududida joylashgan telefon sotish doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, 35-xil turdagi umumiy qiymati 9.000.000 soʻmlik telefon apparatlari solingan seyf va kassasida boʻlgan 100.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.Sh ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech