Quva tumanida tilla-taqinchoqlarni sotib olgan ayol pullarini bermadi
Quva tumani.2022-yilning may oyida A.N ismli ayol tanishi X.M.ning ishonchiga kirib, 110.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarni pulini boʻlib-boʻlib berish sharti bilan olganligi, bundan tashqari u A.N.ga 4000 AQSH dollar pullarini qarzga olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan tilla-taqinchoqlar boshqa shaxsga sotib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati