19 Fevral 2024 yil 1216

O‘zbekiston tumani hududida tungi tadbirlar olib borildi

O‘zbekiston tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘l transport hodisalarini oldini olish borasida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, tuman hududida o‘tkazilgan tungi tadbirlar davomida bemaqsad yurgan 47 nafar fuqarolar ichki ishlar bo‘limiga olib kelinib, ular bilan filtr-so‘rov tadbirlari olib borildi.Hududlarda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan 13 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari olib borilgan reyd tadbiri davomida tuman hududida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish, maqsadsiz yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Mastlik holatida bo‘lgan 4 nafar fuqarolar jamoat joyida spirtli ichimlik ichgan holda yurganliklari uchun ular bilan profilaktik suhbat olib borib biror bir jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etishini oldini olish maqsadida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida tungi xizmat xodimlari tomonidan oshxona, savdo do‘konlari va boshqa aholi gavjum joylar berkitilib, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, tuman IIB probatsiya hamda HPBda maʼmuriy nazorat ostida turgan 32 nafar shaxslarni yashash xonadonlariga borib, sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilishi tekshirildi.  

 Shu bilan birga shahar hududida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasidagi tadbir davomida 15 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 4 ta transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi. 1 nafar  mast holatda avtotransport vositasi boshqargan fuqaro aniqlanib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hududlarda qor yog‘ishi munosabati bilan ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida muzlamalarni bartaraf etish uchun masʼul xodimlar tomonidan yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston tumanida tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech