23 Avgust 2025 yil 571

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati IIBda saf ko‘riklari o‘tkazilmoqda

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati IIBning barcha soxaviy xizmatlari hamda tuman va shahar ichki ishlar bo‘limlarida shaxsiy tarkib ishtirokida saf ko‘riklari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruq talablari asosida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni shaxsiy tarkibi ham qatnashdi.

Saf ko‘rigi davomida rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan xodimlarning xizmat kiyimlarini to‘g‘ri va namunaviy holda kiyib yurish tartibi, tashqi ko‘rinishi, shaxsiy jeton va xizmat guvohnomalari hamda tabel qurollarining biriktirilganligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, saf tayyorgarligi va amaliy ko‘nikmalar ham tekshirildi.

Tadbir yakunida shaxsiy tarkib vakillariga xizmat intizomi hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish, tamagirlik va poraxo‘rlik illatlariga yo‘l qo‘ymaslik, kundalik faoliyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va IIVning tegishli buyruqlariga to‘la rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Farg‘ona viloyati IIBda o‘tkazilayotgan bu kabi saf ko‘riklari xodimlarning xizmatga yanada mas’uliyat bilan yondashishi, intizom va tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi/

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech