O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati, tuman (shahar) bo‘limlarining 6 oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Farruhbek Usarov jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati, tuman (shahar) bo‘limlarining 2024 yil 1-yarim yillik yakunlariga yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari,
yettilikning viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari, mahalla
faollari, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari,
podpolkovnik Farruhbek Usarov
ishtirok etib, joylarda jinoyatchilikni jilovlash, ishtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini
ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’ruzada ijtimoiy muhit barqarorligini
ta’minlash borasidagi ishlar tizimli yo‘lga
qo‘yilganligi sababli o‘tgan 6 oy davomida viloyatimizdagi 1 062 ta mahallalarning
598 tasida yoki 56,3 foizida umuman jinoyat sodir etilmaganligi alohida qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,4 foizga yoki 223 taga yaxshilangani ta’kidlandi.
Shuningdek, jinoyatchilik ayrim hududlarda yuqoriligicha qolayotgani
tanqidiy tahlil qilinib, bu borada mutasaddi rahbarlarga zarur topshiriqlar, taklif
va tavsiyalar berildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.