27 Sentyabr 2024 yil 1218

O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya universiteti Farg‘ona filialida yoshlarni giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chorlovchi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor viloyat IIB rahbariyati tomonidan talabalar ishtirokida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya universiteti Farg‘ona filialida tashkil etildi.

Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Elyorbek G‘aniev ishtirok etdi.

Yoshlarning giyohvandlik illatiga ruju qo‘yishlarini oldini olish, huquqiy ongini oshirish, jinoyat va huquqbuzarlik holatlariga salbiy munosabatini shakllantirish bosh maqsad qilindi

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” profilaktik tadbiri doirasidagi mazkur uchrashuvda giyohvandlikning salbiy  oqibatlari hamda unga qarshi kurashish borasida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Talabalar ishtirokida sodir qilingan jinoyatlar muhokama qilindi. Jinoyatning huquqiy oqibati misollar orqali ishtirokchilarga yetkazildi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “U o‘lmadi, ammo tirik ham emas” mavzusida olingan videorolik ham namoyish etildi.

O‘tkazilgan tadbir yoshlarni ogohlikka chorladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech