4 Yanvar 2023 yil 375

Zararli dori vositalaridan foydalanmaslik boʻyicha IIO xodimlari tomonidan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda

Shu kunlarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda tegishli hamkor tashkilotlardan iborat ishchi guruhlar tomonidan aholi orasida turli zararli dori vositalarini sotib olmaslik va foydalanmaslik boʻyicha targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Targʻibot tadbirlari davomida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlatilishi toʻxtatilgan dori vositalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning zararli jihatlari mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirilmoqda.

Aholi koʻp toʻplanadigan joylar, dorixonalar hamda mahallalarda oʻtkazilayotgan tadbirlarda har qanday dorini vrach retsepti bilan sotib olish kerakligi, koʻr-koʻrona qabul qilmaslik yuzasidan tibbiy tavsiyalar berilmoqda, fuqarolar ogohlikka chaqirilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech