Zamon rivojlangani sari barcha sohaga yangi texnika va texnologiyalar joriy etilmoqda.
Yoʼl harakati xavfsizligi xizmati tizimida ana shunday yangiliklardan biri sifatida piyodalar oʼtish joylarini zamonaviy koʼrinishda jixozlash ishlari olib borildi.
Fargʼona shahridagi А.Navoiy, Fargʼona koʼchalari va Qoʼqon shahridagi Charxiy koʼchasidagi Oʼzbekiston Respublikasi Yoʼl harakati qoidalariga asosan 1.14.1 yoʼl chiziqlari bilan belgilangan tartibga solinmagan piyodalarning oʼtish joyi (zebra)ning yangicha imiji ishlab chiqilib, 3D koʼrinishga keltirildi. Bundan tashqari, Аl-Fargʼoniy koʼchasi piyodalar oʼtish yoʼlagiga zamoniv texnologiyalar oʼrnatilib, tungi vaqtda yonib turuvchi moslamalar oʼrnatildi.
Bu esa piyodalar yoʼlagidan oʼtayotgan fuqarolarni haydovchilar uzoq masofadan ilgʼab olishi yanada osonlashadi. Shuningdek, ushbu koʼchaga tungi vaqtda yonib turuvchi yoʼl belgilari oʼrnatilib zamonaviy koʼrinishga keltirildi.
Fargʼona viloyati iib Аxborot xizmati