Qarovsiz qoldirilgan chinni buyumlarini oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi
Rishton tumanida. X.A. ismli fuqaro IIB ga murojaat qilib, unda joriy yil 19-iyun kuni, noma’lum shaxs uning yashash xonadoni tashqarisida qarovsiz qoldirgan jami narhi 4 930 000 soʻmlik chinni buyumlarini yashirin ravishda oʻgʻrilab, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.Oʻ. va Gʻ.I.lar sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati