19 Dekabr 2022 yil
402
Plastik kartadan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. T.I IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 01-oktabr kuni noma’lum shaxs bank tomonidan berilgan plastik kartasi hisobida boʻlgan 2 050 000 soʻm pullarni kompyuter tizimi orqali jabrlanuvchining ruxsatisiz yashrin ravishda yechib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati