20 Iyun 2022 yil 353

Qarovsiz qoldirilgan uydan pul oʻgʻirlandi

Oltiariq tumani: Joriy yilning 8-iyun kuni, noma’lum shaxs, tumanning Koʻlboʻyi MFY da yashovchi M.K ning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi temir seyfdan 300 AQSH dollari va 12.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.X sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech