12 Iyul 2022 yil
502
Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazishda gumonlanib qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Fargʻona viloyati IIB JQB va Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismida (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan U.Gʻ.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati