24 Oktyabr 2022 yil 435

“Gentra” avtomobilining 10.000.000 soʻmlik ehtiyot qismlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Margʻilon shahar. A.Navoiy mahalla hududida yashovchi fuqaro M.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 07-oktabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadondagi konteneridan jaim 10.000.000 soʻmlik “Gentra” rusumli avtomobilini ehtiyot qismlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech