19 Dekabr 2022 yil 412

Paynet ishchisidan aldov yoʻli bilan pulni qoʻlga kiritgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. S.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 08-noyabr kuni noma’lum shaxs A.Navoiy koʻchasida joylashgan paynet shaxobchasida bilan telefon orqali gaplashib, plastik kartasiga 1 000 000 soʻm pul mablagʻlarini oʻtkazib berishligini, unga naqd pullarni tanishi berib qoʻyishligini aytib, uni aldab, 1 000 000 soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.F sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech