19 Iyul 2022 yil
460
Oʻqotar ov qurolini noqonuniy tarzda saqlagan shaxs aniqlandi
Yozyovon tumani.16-iyul kuni tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Soyyoni mahallasi hududida yashovchi M.X.ning yashash xonadonida tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda “IJ-17” rusumli, bir stvolli, 16 kalibrli oʻqotar ov qurolini saqlab kelayotganligini aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati