Yuridik yo'nalishi bo'yicha imtihonlarisiz o'qishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar tantanali ravishda o'z egalariga topshirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo'nalishdagi bilimlarini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2021 yil 30 noyabrь kunidagi PQ–23-son Qarori ijrosi yuzasidan, o'ziga biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo'yish chora-tadbirlarini o'z vaqtida ko'rilganligi natijasida jinoyatlar darajasi pasayishiga erishgan, xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik bo'yicha o'quv yili yakunida topshirgan sinov natijalari kabi mezonlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hududiy bo'limlari tomonidan o'tkazilgan test sinovlarida eng yuqori ball to'plagan profilaktika inspektorlariga O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudentsiya sohasida bakalavriat ta'lim yo'nalishida mavjud bo'lgan boshqa davlat oliy ta'lim muassasalari sirtqi ta'lim shakliga kirish imtihonlarisiz o'qishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar tantanali ravishda o'z egalariga topshirildi.