20 Iyun 2023 yil
362
Yozyovon tumanida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Yozyovon tumani. 2023-yilning 08-iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yozyovon mahalla hududida yashovchi N.Sh.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi trikosining choʻntagida gashish giyoxvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati