14 Avgust 2023 yil 533

Yozyovon tumanida yuk avtomashinasi yo‘lovchisining yonidan giyohvandlik moddasi topildi

Yozyovon tumani. 2023 yil 14 iyul kuni Yozyovon tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan, Soybo‘yi MFY hududidagi yo‘l chetida to‘xtab turgan “Izusu” rusumli yuk avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan G‘.A.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yonidan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish  sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech