10 Iyul 2023 yil 368

Yozyovon tumanida xonadonida "Og`u" saqlayotgan shaxs aniqlandi

Yozyovon tumani. 2023-yil 13-iyun kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Taraqqiyot mahalla hududida yashovchi Sh.X ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida boʻlgan tandirxona ichida quritilgan “Koʻknori somoni” giyohvandlik oʻsimliklarini qonunga hilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech