15 Noyabr 2021 yil 384

Yozyovon tumanida xonadonida “ogʻu” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Yozyovon tumani. 7-noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Suvliariq MFY hududida yashovchi X.R.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidagi shkafda giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech