Yozyovon tumanida xonadondan zahri qotil topildi
Yozyovon tumani.2022-yilning 11-avgust kuni Yozyovon tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Toshxovuz mahalla hududida yashovchi A.U.ni yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, yotoqxonаsidagi shkaf tepasida bir dona gugurt qutisida “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati