Yozyovon tumanida xonadondagi gilam ostidan “zahri qotil” topildi
Yozyovon tumani. 10-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Ishtirxon mahalla hududida yashovchi B.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash uyini ichki qismidagi gilam ostidan oq tselofan paketga solingan holda marixuana giyohvandlik moddasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati