Yozyovon tumanida xonadon molxonasidan “ogʻu” topildi
Yozyovon tumani.2022-yilning 22-noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Yuqori Soyboʻyi mahalla hududida yashovchi A.B ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon molxonasida “Marixuana” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati