Yozyovon tumanida xonadon molxonasidan “ogʻu” topildi
Yozyovon tumani. 2023 yilning 09 fevral kuni, tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Gaston mahalla hududida yashovchi D.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon molxonasida “marixuana” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati