7 Noyabr 2022 yil 367

Yozyovon tumanida voyaga yetmagan shaxs plastik kartadan pul oʻgʻirladi

Yozyovon tumani.Fuqaro M.F ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 19-oktabr kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik karta hisobida boʻlgan 580.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.A ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech