12 Aprel 2023 yil 234

Yozyovon tumanida velosiped o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi

Yozyovon tumani. Qoratepa mahalla hududida yashovchi О.С ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 30 mart kuni nomaʼlum yashash xonadoni oldida voyaga yetmagan o‘g‘li Д.С tomonidan qarovsiz qoldirilgan ukasi Н.Р.га tegishli narxi 1.200.000 so‘mlik velosipedini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Х.А sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech