15 Mart 2022 yil 461

Yozyovon tumanida uyida “ogʻu” saqlagan shaxs fosh boʻldi

Yozyovon tumani.06-mart kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Beruniy MFY hududida yashovchi M.A.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash uyidagi gilam ostida hamda ushbu uyning eshigi tepasidagi tokchada “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech