Yozyovon tumanida uyali telefon apparatini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi
Yozyovon tumani. 29 oktyabr kuni X.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 28 oktyabr kuni nomaʼlum shaxs tumanda joylashgan ko‘p tarmoqli poliklinikadagi ish stolini ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Honor 7C” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati