16 Sentyabr 2021 yil 477

Qoʻqon shahrida kissavur ayol qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahri. Joriy yilning 01-iyul kuni A.Sh. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 30-iyun kuni noma’lum shaxs Loyxaviy koʻchasida joylashgan buyum bozoriga xarid uchun kelgan vaqtida qoʻlidagi ayollar sumkasidan narhi 2.500.000 soʻmlik “Самсунг A-10” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech