3 Sentyabr 2022 yil
417
Yozyovon tumanida talonchilik sodir qilgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Yozyovon tumani.2022-yilning 29-avgust kuni M.A ismli ayolni X.N ismli ayolni Al-Fargʻoniy koʻchasiga olib borib, 4.000.000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq olib, talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati