Yozyovon tumanida savdo doʻkonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs qoʻlga olindi
17-noyabr kuni fuqaro Yo.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni nomaʼlum shaxs Bahor mahallasida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkondan 2.000.000 soʻmlik tovar moddiy boyliklarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati