11 Mart 2022 yil 623

Yozyovon tumanida qimorxona tashkil etgan shaxs qoʻlga olindi

Yozyovon tumani. 07-mart kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Bahor MFY hududida yashovchi U.A yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida qonunga xilof ravishda qimor oʻyinini tashkil qilib, fuqarolarni qimor oʻynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, jami qimor uchun tikilgan 190.000 soʻm va choʻtal uchun berilgan 20.000 soʻm pullar hamda oʻyin kartalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan U.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech