Yozyovon tumanida oʻzini “bank xodimi” deb tanishtirib, aldab fuqaroning hisobidagi pullarni qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Yozyovon tumani. Fuqaro S.X IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 12-oktabr kuni noma’lum shaxs “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻi orqali profili orqali oʻzini tegishli bank operatori deb tanishtirib, ishonchiga kirib, bank tomonidan berilgan plastik kartasi xos raqamini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 1.733.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati