Yozyovon tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Yozyovon tumani.2023 yil 28 fevral kuni Yozyovon tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Taraqqiyot mahalla hududida yashovchi E.A.ni yashash xonadoni va “Nexia” rusumli avtomashinasi koʻzdan kechirilganda qogʻoz parchasiga oʻralgan “Marixuanna” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati