Yozyovon tumanida “koʻknori somoni” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlandi
Yozyovon tumani. 15-dekabr kuni Fargʻona viloyati IIB 1-mintaqaviy hudud PPX otryadi 4-guruh xodimlari va tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Beruniy mahalla hududida yashovchi N.M ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonasidagi mehrobga taxlangan toʻshaklar orasida qora tselofan paketga oʻralgan holdagi “koʻknor somoni» saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariyasida aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati